Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCh–2018 turniriga saralash bosqichi doirasida o`tkazilgan so`nggi ikki o`yin natijasidan qoniqish hosil qilganini bildirdi.
“Ikki o`yin, 6 ochko – ajoyib natija”, – deb yozdi Ronaldu “Tvitter”dagi sahifasiga.
Eslatib o`tamiz, Portugaliya dastlab Andorrani, keyin esa Farer orollarini bir xil – 6:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Ronaldu birinchi o`yinda poker qayd etgan bo`lsa, ikkinchisida 1 ta gol urdi.





