Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi voyaga etmaganga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganligi haqidagi xabarlar tarqalib turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda.
Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, holat joriy yilning 7 iyun kuni taxminan soat 17.00 larda Mirzo Ulug`bek tumani Mirzo Ulug`bek ko`chasidagi ko`p qavatli uylardan birining yo`lagida sodir etilgan.
1968 yilda tug`ilgan X.A. voyaga etmagan 2015 yilda tug`ilgan L.S.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumon qilinuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo`llangan. Tergov davom etmoqda.