AsosiyJamiyat

Prezident ayrim toifadagi mashinalar uchun bojxona to`lovlarini keskin kamaytirish bo`yicha uzoq kutilgan qarorni imzoladi

'Prezident ayrim toifadagi mashinalar uchun bojxona to`lovlarini keskin kamaytirish bo`yicha uzoq kutilgan qarorni imzoladi'ning rasmi

Prezident “Aholining engil avtotransport vositalariga bo`lgan ehtiyojini qondirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko`ra, ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan, dvigatel hajmi 1 200 sm kubdan yuqori bo`lmagan yangi engil avtotransport vositalari uchun (TN TIF kodi 8703 21 10, 8703 22 10 va 8703 31 10) 2026 yil 1 yanvarga qadar quyidagi bojxona boji stavkalari belgilanmoqda:

1 000 sm kubgacha — 0 foiz (amalda – 15 foiz + 0,4 AQSh doll/kub sm);

1 000–1 200 sm kub — 5 foiz (amalda – 15 foiz + 0,6 AQSh doll/kub sm).

Natijada dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha bo`lgan avtomobillar uchun bojxona to`lovlarining jami miqdori amaldagi 39–43 foizdan 19–23 foizgacha, dvigatel hajmi 1 000–1 200 sm kub bo`lgan avtomobillar uchun esa 44–52 foizdan 30–36 foizgacha kamayadi.

Yangi qaror narxga qanday ta`sir qiladi?

Prezident qarori asosida dvigatel hajmi 1200 sm kubgacha bo`lgan avtomobillar uchun bojxona stavkalari keskin kamaytirilgani, 1000 sm kubgacha bo`lganlariga esa 0 foizga tushirilgani narxlarga qanday ta`sir qiladi? Keling, buni aniq misollar bilan ko`rib chiqamiz.

1 000 sm kub hajmli avtomobil uchun

Ushbu toifaga kiruvchi bozor narxi 10 ming AQSh dollari bo`lgan avtomobilni misol sifatida olamiz. Bunda quyidagi majburiy to`lovlar mavjud:

Bojxona boji

Avval: 1 900 AQSh dollari (15 foiz + 0,4 AQSh doll/kub sm).

Hozir: 0 AQSh dollari (0 foizga tushirildi).

Farq: 1 900 AQSh dollar

QQS (12%)

Avval: 1 428 dollar (bojxona boji qo`shilgach hisoblangan)

Hozir: 1 200 dollar

Farq: 228 dollar

Utilizasiya yig`imi (bazaviy stavkaning 30 baravari)

Taxminan 846 dollar (9 mln 900 ming so`m)

Bojxona yig`imi (0,2%)

Taxminan 20 dollar

Yakuniy narx:

Avval: 14 ming 194 dollar

Hozir: 12 ming 066 dollar

Farq: 2 ming 128 dollar

Demak, dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha, narxi 10 ming AQSh dollari bo`lgan avtomobil uchun to`lanadigan majburiy to`lovlar taxminan 2 ming 128 AQSh dollariga arzonlaydi (ushbu hisob-kitoblarda logistika narxi hisobga olinmagan).

    Boshqa yangiliklar