AsosiyJinoyat

“Hududgaz Farg`ona”ning etakchi muhandisi firibgarlik bilan qo`lga tushdi

'“Hududgaz Farg`ona”ning etakchi muhandisi firibgarlik bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi.

  “Hududgaz Farg`ona” GTF Marg`ilon shahar gaz ta`minoti bo`limi etakchi muhandisi A.T. fuqaro N.M.ning noturar joy ob`ektini gaz tarmog`iga ulash uchun texnik hujjatlarni tayyorlab berish hamda ruxsat olib berish evaziga 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda

    Boshqa yangiliklar