Joriy yilning 21 iyun kuni soat 22:20 atrofida Dang`ara tumani prokuraturasiga tuman IIB navbatchilik qismidan xabar kelib tushgan.
Qayd etilishicha, 1998 yilda Qo`qon shahrida tug`ilgan fuqaro o`ng ko`krak qafasi oldi tomoni teshib o`tuvchi sanchilgan-kesilgan jarohatlari oqibatida vafot etgan holda shifoxonaga olib kelingan.
Ma`lum bo`lishicha, shu kuni soat 21:00 atrofida O.Z. o`rtoqlari bilan Dang`ara tumanidagi “Marokash” nomli choyxonada o`tirgan vaqtida, 1998 yilda Qo`qon shahrida tug`ilgan J.U. bir nechta o`rtoqlari bilan choyxonaga kelib, fuqaro O.Z.ni o`zlari turgan joyga chaqirib, o`zaro gap talashib janjallashgan. Natijada yonida bo`lgan o`tkir tig`li jism bilan O.Z.ning o`ng ko`krak qafasiga urib, tan jarohati etkazgan.
Natijada O.Z. olgan tan jarohati sabab hodisa joyida vafot etgan.
Xabarga asosan, hodisa joyi tuman prokurori rahbarligidagi tergov-tezkor guruhi tomonidan mutaxassislar ishtirokida ko`zdan kechirilib, ashyoviy dalillar olingan.
Mazkur holat yuzasidan shu kunning o`zida Dang`ara tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda gumondor J. U.ni qidirib topish choralari ko`rilgan.