1

Favqulodda vaziyatda qanday yo`l tutish kerakligini ayting va yangi planshetga ega bo`ling

Jamiyat 13.10.2016, 17:00
Teglar: Zilzila
Favqulodda vaziyatda qanday yo`l tutish kerakligini ayting va yangi planshetga ega bo`ling

Xalqaro ofatlar xavfini kamaytirish kuni arafasida O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O`zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi tabiiy ofatlar natijasida vujudga kelgan favqulodda vaziyat sharoitida to`g`ri harakat qilish borasidagi eng yaxshi bilimlar tanlovini e`lon qildi.

Tanlov shartlariga ko`ra, ishtirokchi Fvv.uz saytida berilgan 20ta test savolga to`g`ri javobni tanlashi.  Testlarni echib bo`lganidan so`ng “Jo`natish” tugmasini bosib so`rovnomaga shaxsiy ma`lumotini kiritishi lozim. Testlar echimiga ajratilgan vaqt chegaralangan bo`lib, har bittasiga 40 soniya ajratilgan.

Tanlovda 2016 yilning 13 oktyabridan 20 oktyabriga qadar ishtirok etish mumkin.

To`g`ri javob berganlar orasidan qur`a tashlash yo`li bilan 20 nafar ishtirokchi tanlab olinadi. Ular

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqarolik muhofazasi Institutini zilzilalarni simulyasiya qilish Markaziga tashrif buyurishadi va u erda seysmologiya rivojining tarixi haqida barcha ma`lumotlarga ega bo`lishadi. Shuningdek, ekspozisiya bilan tanishib, sayyoraning turli nuqtalarida yuz bergan yirik zilzilalar haqida ko`plab qiziqarli ma`lumotlarni oladilar. Maxsus jihozlangan zilzilalar simulyatorida 9 balli er osti silkinishi kuchini his qilib bo`lgach bosh sovrin – planshetga ega bo`ladilar.

Joriy yilning 22 oktyabr, shanba kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi saytida (www.fvv.uz) tanlab olingan ishtirokchilar royxati joylashtiriladi. 

Mukofotlar 25 oktyabrm kuni topshiriladi.

Sharhlar

⚡️ Turkiyada zilzila qurbonlari 6 ming nafarga, Suriyada esa 2 ming nafarga yaqinlashdi

08.02.2023, 10:49

Turkiyada zilzilalar sabab 5 ming 894 kishi hayotdan ko`z yumdi, 8 ming kishi qutqarildi.Bu haqda Vise-prezident Fuat Oktay ma`lum qildi.Qayd etilishicha, ayni paytga qadar zilzilalarda...
Niderland seysmolog olimi Turkiyadagi zilzilani uch kun oldin prognoz qilgani ma`lum bo`ldi

06.02.2023, 13:15

Avval xabar qilganimizdek, Turkiyaning janubi-sharqida, Suriya bilan chegara yaqinida 7,4 ballik kuchli zilzila yuz berdi. Shuningdek, zilzila Turkiyadan tashqari Suriya, Kipr va Livanda ham ko`plab...
Turkiyada kuchli zilzila sodir bo`ldi, qurbonlar bor (video)

06.02.2023, 09:34

Turkiya janubida 1 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan Gaziantep shahri yaqinida 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Evropa-O`rtaer dengizi seysmologiya markazi ma`lumotlariga ko`ra, zilzila episentri aholi...
Andijon viloyatida zilzila sodir bo`ldi

09.09.2022, 09:06

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, O`zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 09.09.2022 02:00 da  zilzila sodir bo`ldi. Episentr: Andijon viloyati, Asaka tumani. Zilzila...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1