2016 yilning 13 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qozog`iston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Erik Utembaev bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Suhbat davomida O`zbekiston-Qozog`iston kun tartibining dolzarb masalalari, jumladan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashinining Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan 43-sessiyasi ishida Qozog`iston delegasiyasi ishtirokining amaliy jihatlari muhokama qilindi.





