AsosiyJinoyat

Toshkent va Andijonda kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari savdosi to`xtatib qolindi

'Toshkent va Andijonda kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari savdosi to`xtatib qolindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Yashnobod tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.B. “Lacetti” rusumli avtotransport vositasida 601 dona oq-ko`k rangli kapsula va 4 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini o`tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Andijon shahar 4-kichik daha hududida o`zlarini shubhali tutgan fuqarolar O.T. va M.J. 14 dona “Tropikamid” va 55 dona “Regapen” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini o`tkazish maqsadida olib kelganliklari aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar