1

Samarqanddagi tungi klublarda o`tkazilgan reydlarda 200 kishi qo`lga olindi (video)

Jamiyat 14.10.2016, 16:27
Samarqanddagi tungi klublarda o`tkazilgan reydlarda 200 kishi qo`lga olindi (video)

Samarqand tungi klublarida o`tkazilgan reydlarda 200 nafarga yaqin kishi qo`lga olindi. Bu haqda Samarqandning STV teleradiokompaniyasi ma`lum qildi. Bundan tashqari, tungi klub, restoran va internet kafelarning o`ndan ortiq egasi ma`muriy javobgarlikka tortildi, deb yozadi Daryo.uz nashri, UzNews’ga asoslangan holda.

Samarqand huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan «Bazalik», «Voys», «Uchrashuv», «Daymond Xoll» va boshqa tungi klublarda o`tkazilgan reydlarda mehnat qonunchiligi va sanitariya normalarini buzish holatlari aniqlandi. 

Huquq-tartibot xodimining so`zlariga ko`ra, tungi klublar kechki 23 ga qadar ishlashi lozim. Aks holda tungi muassasalarning egalariga nisbatan choralar ko`riladi.

Joriy yilning o`tgan to`qqiz oyi davomida shahar hokimiyati tomonidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda viloyatning tungi klublarida 700 dan ortiq reyd o`tkazilgan. Natijada huquqbuzarlik holatlari sezilarli darajada kamaygan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1