Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahar TTBga olib og`ir ahvolda kelingan 29 yoshli ayol va uning tug`ilajak farzandi tug`ruq vaqtida hayotdan ko`z yumganligi aytilgan xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining Darakchi.uz`ga bergan ma`lumotiga ko`ra, holat bo`yicha 2023 yil 14 iyul kuni soat 10:20da Nurafshon shahar IIB navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.
Unda O`rtachirchiq tumanida yashovchi 1993 yilda tug`ilgan M.D 9 oylik homilasi bilan Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi Tug`ruq bo`limida vafot etganligi ma`lum qilingan.
Aniqlanishicha, M.D uchinchi homiladorlik 38 hafta, ikkinchi tug`ish o`tkir ichak infeksiyasi sepsis, septik shok, gipovalinik shok, isitmasi yuqori holatdagi tashxisi bilan olib kelingan. Shifokorlar tomonidan olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramay D.M 2023 yil 14 iyul soat 08:10 da vafot etgan.
Hozirda Nurafshon shahar prokuraturasi tomonidan D.Mning o`limi holati bo`yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlarri olib borilmoqda.