AsosiyJamiyat

“Chirchiqdagi uylarni sotishda korrupsion sxema ishlayapti” — Zoir Mirzaev (video)

'“Chirchiqdagi uylarni sotishda korrupsion sxema ishlayapti” — Zoir Mirzaev (video)'ning rasmi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yangi qurilayotgan uylarni sotishda korrupsion sxema ishlayotgani aytildi. Bu haqda viloyat hokimi Zoir Mirzaevning navbatdagi yig`ilishida so`z borgan.

”Chirchiq shahrida uylarni sotishda korrupsion sxema ishlayapti. “Otkat” olyapti, “shapka” olyapti, ikkita odam boshqaryapti. Sizlar buni ochgilaring kelmayapti, viloyatdan turib ochib berishimizni kutyapsizlar. Odamlarda Chirchiqda to`g`ridan to`g`ri uyni sotib olish mumkin, degan ishonch yo`qolgan. Qurilish tashkilotiga mana bu domni bitkazdingmi, degan so`rov yo`q. Janob hokim meni 85-90 foizi tayyor deb, bir uyga olib kirdi, 50 foiz ham tayyor emas ekan. Beshinchi qavatga chiqqanidan so`ng janob Hidoyatovning tili kalimaga kelmay qoldi. Aldolmadi o`zi ham. Beshinchi qavatga o`zi ham birinchi marta chiqib turgani sezilib qoldi, — deydi Zoir Mirzaev.

Viloyat hokimi Chirchiq shahri “to`rtligi” — hokim, prokuror, IIB va Soliq inspeksiyasi rahbarlari faoliyati qoniqarsizligini aytdi.

Chirchiq shahrining to`rtta sektor rahbaridan umuman noroziman. Hammasiniki la-la-la-la, balo ham yo`q. O`sha erda yotishi kerak to`rtta sektor, janob Mahmudov, — deydi Zoir Mirzaev.

Toshkent hokimi mazkur muammolar sabab o`rinbosarini ham tanqid qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar