2023 yil 2 iyulga o`tar kechasi Elliqal`a tumanida yashovchi fuqaro eshakni daraxtga bog`lab, u bilan g`ayritabiiy shaklda jinsiy ehtiyojini qondirgan. Bu haqda holatni erkakning tanish ayoli ko`rib qoladi, keyinchalik u sudda guvohlik beradi.
7 iyul kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Elliqal`a tumani sudi erkakni hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo`lish (Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 111-moddasi 1-qismi) va mayda bezorilik (Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi)da aybdor deb topib, 3 sutka ma`muriy qamoq jazosini tayinlangan.