O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 27 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “2023-yil uchun Statistika dasturi”da belgilangan muddatda “Minimal iste`mol xarajatlari” qiymati hisoblandi. Bu haqda Statistika qo`mitasi ma`lum qildi
2022 yil (yillik) inflyasiya darajasidan kelib chiqib, 2023 yil uchun hisoblangan minimal iste`mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 568 ming so`mni tashkil etdi.
Jahon tajribasida minimal iste`mol xarajatlari ko`rsatkichidan kambag`allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan bo`lib, mazkur ko`rsatkichdan:
- davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko`maklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
- mamlakatning kambag`allik chegarasini belgilashda foydalanish va bunda target guruhdagi aholining real iste`mol xususiyatlari va talablarini inobatga olish;
- kambag`allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
- pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambag`al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko`maklarni ko`rsatishda mezon sifatida foydalaniladi.
18.07.2023 12:00
2023 yil uchun minimal iste`mol xarajatlari e`lon qilindi






