AsosiyJinoyat

Gaz, elektr va suv ta`minoti xodimlari pora bilan qo`lga tushishdi

'Gaz, elektr va suv ta`minoti xodimlari pora bilan qo`lga tushishdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbiro`tkazildi . 

Unda “Mirobodtumangaz” gaz ta`minoti bo`limi etakchi muhandisi R.M. tadbirkor M.A.ning Yashnobod tumanidagi Aviasozlar ko`chasi joylashgan noturar binosini gazlashtirish bo`yicha loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berishi hamda gaz hisoblagich o`rnatib berish evaziga tadbirkordan 18 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Andijon shahar bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Andijon tuman ETK elektromontyori M.I. va fuqaro O.N. fuqaro M.I.ning xonadonidagi elektr ta`minotidan 7 mln so`m qarzdorligini yo`q qilib berishi evaziga 3,5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Xuddi shunday, Departamentning Qo`rg`ontepa tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda tuman “Suvta`minoti” MChJ bo`lim nazoratchisi M.O. “U.X.” MChJ oshxonasining suv sarfini hisoblash uskunasining yaroqsizligi yuzasidan rasmiylashtirgan dalolatnoma bo`yicha jarima qo`llamaslik va yangi hisoblagich o`rnatib berish evaziga MChJ ish yurituvchisi M.A.dan 3 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar