Bugun, 22 iyul kuni soat 03:20 da A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining “Rezak” tonnelida “Vodiy-Toshkent” yo`nalishida harakatlanib ketayotgan “Isuzu” rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo`qotib tonnel devoriga urilishi oqibatida yonib ketdi.
FVV matbuot xizmati xabariga ko`ra, hodisa tonnelga biriktirilgan mas`ul xodimlar tomonidan aniqlanib, zudlik bilan voqea joyiga “Qamchiq” dovonidagi FVV qutqaruvchilarining 13 nafari, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji va Qutqaruv otryadidan 1 ta texnika soat 03:22 da etib bordi va yong`in soat 03:27 da o`chirildi. Shundan so`ng soat 03:50 da yuk avtomobili “Rezak” tonnelidan olib chiqilib, sovutish ishlari o`tkazildi.
“Isuzu” avtomobili yukxonasidagi jami 4,2 tonna yukning 95 % maxsuloti yong`indan saqlab qolindi.
Sodir bo`lgan yong`in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.