Biroz avval, Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi xodimi 200 ming AQSh dollari bilan qo`lga tushgani haqida xabar bergan edik.
Vaziyatga Toshkent viloyat Adliya boshkarmasi munosabat bildirdi:
"Mazkur holat o`rganilganida Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan amalga oshirilgan qonunbuzilish holati uning bevosita ish faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan va xizmat vazifalarini amalga oshirish jarayonida ro`y bermaganligi aniqlandi.
Markaz xodimi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, Toshkent tumanida joylashgan va davlat zaxirasida bo`lgan sug`oriladigan er maydoniga nisbatan egalik huquqini olib berishni va`da qilib o`zganing ishonchiga kirgan.
Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalarini buzganligi, davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy madaniyati hamda xizmatdan tashqari vaqtda davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga zid bo`lgan hatti-harakatlarni sodir etgan.
Hozirda ushbu xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan" deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, bunday noxush holatlar yuz bersa adliya boshqarmasining 70-201-05-15 telefon raqami yoki @antikorbot telegram-boti orqali to`g`ridan-to`g`ri murojaat qilishingiz mumkin.