Ajal changalidan omon qolganlar

Mutolaa 18.10.2016, 11:07
Teglar: Fojia, Aeroport
Ajal changalidan omon qolganlar

Ba`zan hayotda uchrab turadigan tashvishlar bizga og`irlik qiladi. Shunday patlarda hatto hayotimizdan nolib ham qo`yamiz.  Biroq inson kuchli irodasi va matonati bilan eng og`ir mashaqqatlarni, musibatlarni ham engishga qodir. Quyida hikoya qilmoqchi bo`lganlarimiz ham aql bovar qilmas sharoitlarda yashab omon qolgan insonlar haqida. Ularning boshiga taqdiri azal yog`dirgan mashaqqatlar bilan tanishib, matonatiga tahsin aytamiz.

Tinch okeanida 13 oy
Xose Salvador Alvarenga

U baliq oviga ketib, okean bag`rida bir yildan ko`proq muddatga qolib ketdi. Bu baliqchining boshidan kechirganlari mashhur yozuvchi Daniel Defoning “Robinzon Kruzo” asarini eslatadi. Salvador kimsasiz orolda emas, balki Tinch okeanida, etti metrli qayiqda 13 oy yashadi. 2013 yilning dekabr oyida baliqchining qayig`i kuchli bo`ronga uchradi. Kuchli shamol va yog`ingarchilik Xose va uning do`stining 15 yoshli o`g`lini ochiq okeanga olib chiqib tashladi. Qayiqdagi motor va radialoqa buzilib qoldi. Ota-bolaning yashab qolishga harakat va ularni topishlariga umid qilishdan boshqa iloji yo`q edi. Ular yomg`ir suvidan ichib, baliq va dengiz toshbaqalari bilan oziqlanishdi. O`spirinning organizmi bunday taomnomaga ko`nikolmadi va oradan 4 oy o`tib, u vafot etdi. Kunlardan birida baliqchining qayig`ini kuchli shamol Marshal orollariga olib borib tashlaydi. Mahalliy aholi vakillari uni shifoxonaga eltishadi. Shundan so`ng u uyiga Meksikaga etib oldi. Xose bu xatarli safardan keyin xotirasining bir qismini yo`qotdi. Uning qanday qilib 13 oy mobaynida xavfli sharoitda yashagani bilan bog`liq savollar xanuzgacha javobsiz qolmoqa. 

Tirik qolish uchun qo`lidan voz kechgan
Aron Ralston

2003 yilning may oyida Yuta shtatidagi Kanonlends milliy bog`ida baxtsiz hodisa yuz berdi. Cho`qqiga ko`tarilayotgan Aronning qo`lini ulkan tosh bosib qoladi. Oziq-ovqat zahirasi tugaganidan so`ng Aronning oldida ikki yo`l turardi: o`lish yoki yashab qolish. U tosh tagidan qo`lini tortib olishiga ko`zi etmadi. Shunda u qo`lining bilagidan pastki qismini toshlar orasida qoldirishga qaror qildi. Aron hayotini katta xavf ostiga qo`yib, qo`lining yarmini kesib tashlaydi. Qattiq shok holatidagi alpinist niderlandiyalik sayyohlarni uchratib qolgunicha sahroda tentirab yurdi. Aronning hayoti asosida rejissyor Denni Boyl “127 soat” deb nomlangan film ishladi. 

30 metr chuqurlikda 62 soat
Xarrison Okeane

2013 yilning may oyida Nigeriya sohillaridan 30 kilometr uzoqlikda shatakchi kema cho`kib ketadi. Undagi ekipaj a`zolarining barcha halok bo`ladi. Biroq kema oshpazi baxtli tasodif tufayli tirik qoladi. Oshpaz havo “cho`ntagi” yuzaga kelgan kayutani topishga muvaffaq bo`lib, 30 metr chuqurlikda 62 soat vaqt o`tkazadi. Uni ekipaj a`zolarining jasadini topish uchun yuborilgan qutqaruvchilar qutqarib olishgan. 

Sahroi Kabirda 9 kun
Mauro Prosperi

1994 yilda Sahroi kabirda o`tkaziladigan “Qumdagi marafon”da italiyalik polisiyachi Mauro Prosperi yo`ldan adashib, sahroda qolib ketadi. Ichishga suvi tugaganidan keyin polisiyachi o`z joniga qasd qilmoqchi bo`ladi va tomirlarini kesib tashlaydi. Biroq, organizm suvsizlangani uchun qon quyuqlashib, oqmay, qon qotib qoldi.  Mauro bu holatdan qattiq ta`sirlanib, yo`lida davom etadi. Oxir oqibat u ko`chmanchi qabilalarga duch keladi. Mauro hammasi bo`lib 9 kun sahroda qolib ketdi. Ochlik va suvsizlik tufayli u bu kunlarda 18 kg vazn yo`qotdi. 

Samolyot halokatidan omon qolgan
Norman Ollestad

1979 yilning 19 fevralida Kaliforniya tog`larida kuchli qor ko`chkisi sabab samolyot halokatga uchradi. Halokat oqibatida samolyot bortida bo`lgan 11 yoshli Norman ismli bolakay omon qoladi. U kichkinaligi va yordamga muhtojligiga qaramay, tog`dan yolg`iz o`zi tushishga muvaffaq bo`ladi. Oradan 30 yil vaqt o`tgach, Norman boshidan kechirganlar haqida hikoya qiluvchi kitob yozadi. 

“76 kun dengizda asirlikda”
Stiven Kallaxan

1982 yilda kema halokatida omon qolgan taniqli amerikalik yaxtachi. U 76 kun ichida shishirilgan qutqaruv solida Atlantika okeanini suzib o`tgan. 1982 yilda Stiven o`z qo`llari bilan qurgan qayig`i kuchli bo`ron tufayli halokatga uchradi. Cho`kib ketayotgan qayiqdan Stiven suv, oziq-ovqat va og`ir sharoitlarda yashab qolish bo`yicha yo`riqnoman olib qolishga muvaffaq bo`ladi. Dengizchining kutilmagan safari 76 kun davom etadi. 1982 yilning 20 aprelida u qutqaruv solida Mari Galant oroliga kelib qoldi. Stivenga baliqchilar yordam berdi. 

Kallaxanning sayohati haqida “76 kun dengizda asirlikda” kitobi yozildi. Mazkur kitob “Nyu-York Tayms” gazetasida chop etiladigan bestsellerlar ro`yxatida bir necha oylar mobaynida saqlanib turdi. 

5200 metr balandlikdan qulab tirik qolgan
Larisa Saviskaya

Larisa Saviskayaning ismi Ginnesning rekordlar kitobining Rossiyada chop etiladigan talqiniga 5200 metr balandlikdan tushib, omon qolgan va jismoniy zarar uchun juda kam (75 rubl) miqdorda moddiy yordam olgan yagona inson sifatida qayd etilgan. 

Hodisa 1981 yilning avgustida yuz bergan. 20 yoshli talaba qiz turmush o`rtog`i bilan to`y sayohatidan qaytayotgan edi. Ular o`tirgan An-24 samolyoti dispetcherlarning xatosi tufayli harbiy qiruvchi Tu-16 bilan to`qnashib ketadi.  Samolyotning Larisa o`tirgan bo`lagi qayinzorga qulaydi. Kuchli zarb natijasida Larisa ancha paytgacha behush yotadi. U o`ziga kelgach esa turmush o`rtog`ining jonsiz tanasini ko`radi. Qovurg`alari, qo`li singaniga, bosh miyasi chayqalganiga qaramay u hayot uchun kurashishda davom etadi. Samolyot bo`laklaridan u o`zi uchun uycha yasaydi. Bu uycha uni qor va yomg`irdan himoya qildi. Halokatdan 2 kun o`tib, uni qutqaruvchilar topib olishadi. 

“Men osmondan tushganimda”
Julianna Margaret Kyopke

“Mo``jizalar yuz beradi” filmi Juliannaning junglida o`tgan 9 kunlik hayoti haqida hikoya qiladi. Perulik maktab o`quvchisi 17 yoshida samolyot halokatida omon qoladi. Peruga mahalliy reysni amalga oshirayotgan samolyot bortida 92 kishi bo`lgan. Margaretdan tashqari ularning barchasi halok bo`lgan . 

Jarohati va miya chayqalishiga qaramay, Margaret 9 kun deganda tropik o`rmon orqali o`tib, aholi yashaydigan hududga etib keladi. O`shanda Margaret ta`tilni o`tkazish uchun onasi bilan otasining yoniga ketayotgan edi. Otasi qiziga junglida yashab, omon qolish sirlarini o`rgatgan edi.  U halokat joyida to`rt kun yordam kutadi, yordam bo`lmaganidan so`ng, jungliga qarab yo`l oladi. Julianna juda ko`p qiyinchiliklarga duch keladi. U ilonlar va turli hasharotlar bilan kurashadi. Vanihoya o`ninchi kuni u baliqchilarni uchratib qoladi. Baliqchilar qizning yaralarini yuvib, malham qo`yishdi. Margaret o`zining boshdan kechirganlari haqida “Men osmondan tushganimda” deb nomlangan kitob yozgan. Keyinchalik mazkur kitob asosida film suratga olindi. 

Urugvayning regbi jamoasi

1972 yilda Urugvayning Chiliga uchayotgan regbi jamoasi, ularning do`stlari hamda qarindoshlari aviahalokatga uchradi. Samolyot And cho`qqisiga urildi. Bortdagi 45 nafar yo`lovchidan 10 nafari halokat oqibatida, yana 7 nafari biroz vaqtdan so`ng halok bo`ladi. Omon qolgan 28 kishi 3600 metr balandlikda, sovuq va ochlik sharoitida yashashga mahkum bo`lgan. Tirik qolganlardan ikki nafari tibbiyot instituti talabalari edi. Ular imkon darajasida jarohatlanganlarni davolab turishgan. 

Aviahalokatdan 11 kun o`tib, ular radio orqali o`zlarini qidirish ishlari yakunlanganidan xabar topishadi. Biroz muddatdan so`ng tog`da qor ko`chkisi yuz beradi va yana 8 nafar inson halok bo`ladi. Lekin uch oy mobaynida 16 nafar kishi qorli tog`da hayot kechirganiga qaramay qutqaruvchilar ularni topishadi va hayotlari saqlab qolinadi.

Sharhlar

Qarshi aeroporti faoliyati vaqtincha cheklandi

12.12.2022, 09:51

Noqulay ob-havo Qarshi aeroporti faoliyatini vaqtincha cheklab qo`ydi, deya xabar bermoqda "Uzbekistan Airports"Ma`lum qilinishicha, ko`rish chegarasining pasayishi, tuman va kuchli shamol "Azimut" aviakompaniyasi reysini Samarqanddagi...
Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi

24.09.2022, 10:47

O`zbekistonda turizm salohiyatini oshirish, yangi barpo etilgan Samarqand xalqaro aeroporti imkoniyatlaridan to`laqonli foydalanish hamda aviatashuvlar bozorida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida 2022 yil 1 oktyabrdan Samarqand...
Yamandagi xalqaro aeroportda portlash yuz berdi. Qurbonlar bor

31.10.2021, 00:22

Yamanning Adan shahridagi aeroportda portlash sodir bo`ldi. Portlash oqibatida kamida 10 kishi halok bo`ldi. Bu haqda AlArabiya telekanali xabar bermoqda. Reuters agentligining ma`lumotiga ko`ra, portlash Adan xalqaro aeroportida...
"Toshkent 3" aeroporti o`z faoliyatini tiklamoqda

30.08.2021, 13:42

Avvalroq,  Toshkent 3 aeroporti 19 avgustdan boshlab noma`lum muddatga yopilgani haqida xabar bergan edik.Ma`lum bo`lishicha, 2021 yil 31 avgustdan boshlab mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi Toshkent...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1