18 oktyabridan “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi aviachiptalarni onlayn-bronlash va ular uchun UzCard bank kartochkalari vositasida haq to`lash bo`yicha xizmatlar turini kengaytiradi. Endi, istalgan vaqtda uydan yoki ofisdan turib respublika ichidagi, shuningdek yaqin va uzoq sharq mamlakatlariga aviachiptalarni mustaqil ravishda rasmiylashtirish mumkin.
Buyurtmani rasmiylashtirish tartibi oddiy va tushunarli. Buning uchun aviakompaniyaning www.uzairways.com saytiga kirish kerak. Xizmatlar aviachiptalar sotishning amaldagi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi va UzCard plastik kartalari vositasida aviachiptalar uchun haq to`lanadi.
Keyingi bosqichda VISA va Mastercard valyuta plastik kartalari yordamida haq to`lash tizimini amalga tadbiq etish rejalashtirilgan.
Internet orqali bronlash va haq to`lash muvaffaqiyatli amalga oshirilganda, bronlash paytida ko`rsatilgan elektron manzilga va mobil telefonga elektron chiptaning yo`nalish qog`ozini olib, unda safaringiz haqida batafsil ma`lumotlar aks etadi, shuningdek xarid tasdiqlanganligi va UzCard plastik kartochkasidan mablag` echib olinganligi to`g`risida SMS-xabar ham olasiz.
Uchib ketish aeroportida elektron aviachiptaning raspechatkasi va yoʻlovchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (pasportni) ko`rsatish kifoya.
Internet orqali bronlash va haq to`lash qatnov uchib ketishidan kamida 3 soat oldin amalga oshirilishi mumkin.