1

Korzinka.uz barcha xodimlari uchun “Istiqlol” san`at saroyida gala-konsert tashkil etdi (Foto)

Jamiyat 18.10.2016, 14:44
Teglar: Konsert
Korzinka.uz barcha xodimlari uchun “Istiqlol” san`at saroyida gala-konsert tashkil etdi (Foto)

Dekabrda o`zining 20 yilligini nishonlash arafasida turgan Korzinka.uz supermarketlar tarmog`i 17 oktyabr kuni “Istiqlol” san`at saroyida katta konsert dasturi tashkil etdi.

Tarmoqda mehnat qilib kelayotgan barcha xodimlar, hamkor tashkilotlarning vakillari hamda jurnalistlardan iborat 3 ming kishilik tomoshabinlar shu kuni estaradamizning yorqin yulduzlari tomonidan kuylangan ajoyib taronalardan bahramand bo`lishdi. 

Konsert avvalida Korzinka.uz rahbari Zafar Hoshimov so`z olib,  korxonaning vujudga kelishi, rivojlanish yillari, unda mehnat qilgan insonlarning sharafli faoliyati va hamkorlikdagi loyihalar haqida to`xtalib o`tdi. 

Eng qiziqarlisi o`tgan yillar davomida tarmoq xodimlari o`rtasida jami 87 ta baxtli oila bunyod bo`lib, 114 nafar bolajonlar dunyoga kelganligi haqidagi ma`lumot bo`ldi. 

Jahongir Otajonov, “Bolalar” guruhi, Ulug`bek Rahmatullaev, Lola, Shahzoda, Rayxon, Ziyoda, Jahongir Poziljonov, Shoxruh, Botir Qodirov, Dj Piligrimm, Muhammadiso Abdulhairov ishtirokidagi haqiqiy bayramona kechani taniqli boshlovchilar Muslimbek Yo`ldoshev hamda Dildar Islamova olib borishdi. 

Sahna dekorasiyasi, har bir qo`shiq mobaynida 20 yil muddat ichida  supermarket hayotiga oid to`plangan fotosuratlar, videohangomalarning ekranda aylanib turishi, zaldagi yuqori ruh va tinimsiz qarsaklar yurtimizda savdo sohasida etakchi sanalgan tarmoqning ushbu muhim sanaga mukammal tayyorgarlik ko`rganidan darak berdi. 

Konsertga Lolaning korzinka.uz haqida maxsus suratga olingan klipi yakun yasadi. 

“Korzinka” o`zining 20 yilligini butun keng miqyosida dekabrda nishonlaydi, ushbu konsert muhim hodisa oldidan xodimlar uchun sovg`a bo`ldi.

Dekabrda supermarketlar tarmog`i nafaqat xodimlar balki haridorlar uchun aksiyalar uyushtirish rejalashtirilgan.





Sharhlar

​OZODBEK NAZARBEKOVNI TOJIKISTONLIKLAR QANDAY KUTIB OLIShDI? (VIDEO)

07.07.2017, 14:34

O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ayni kunlarda gastrol safari bilan Tojikistonga jo`nab ketgan.Gastrol safaridan tushirilgan foto va videolavhalar saytimizga taqdim etildi.Ushbu videolavhalarda Ozodbek...
​Yulduz Usmonovaning “Ey, aziz inson” konsert dasturi diski sotuvga chiqdi

23.06.2017, 01:54

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Yulduz Usmonovaning 11-23 aprel kuni “Istiqlol” san`at saroyida o`tkazilgan “Ey, aziz inson” deb nomlangan konsert dasturi disklari sotuvga chiqdi. Eslatib o`tamiz,...
Minglab odam kirishi rejalashtirilgan “Ummon”ning Namangandagi konserti nega o`tkazilmadi? (Video)

12.06.2017, 13:55

9-10 may kunlari “Ummon” guruhi Namangan shahridagi “Navbahor” stadionida konsert dasturini taqdim etishi rejalashtirilgan edi. Biroq konsert o`tkazilmadi — ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjerida stadion...
​Manchesterda terakt qurbonlari xotirasi uchun xayriya konserti bo`lib o`tdi

05.06.2017, 13:52

Buyuk Britaniyaning 22 may kuni Manchester shahrida teraktda qurbon bo`lganlar xotirasiga bag`ishlab o`tkazilgan xayriya konsertiga 50 mingga yaqin tomoshabin yig`ildi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.Tomoshabinlar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1