Hindistonda bir guruh ishchilar ustiga minora krani qulab tushdi. Hodisa oqibatida 17 kishi halok bo`ldi, yana 3 kishi jarohat oldi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Hodisa Maxarashtra shtatida yuz berdi. Voqea ishchilar ko`prikli kranni boshqarayotgan vaqtda sodir bo`lgan. Bu yo`llar, ko`priklar qurilishida ishlatiladigan katta po`lat jismlarni ko`tara oladigan, yirik binolar uchun poydevor bo`lib xizmat qiladigan mashina.
Polisiya qulagan kran vayronalari ostida odamlar bo`lishi mumkinligini istisno qilmayapti.
Hozirda voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda.






