AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 12 mln. nafar bola milliy 13 turdagi yuqumli kasallikka qarshi emlangan

'O`zbekistonda 12 mln. nafar bola milliy 13 turdagi yuqumli kasallikka qarshi emlangan'ning rasmi

AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi raisi o`rinbosari va mutasaddilari ishtirokida bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida yuqumli kasalliklarni oldini olish va sanitariya yo`nalishi bo`yicha bajarilgan ishlar hamda OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli asoslanmagan xabarlar yuzasidan ma`lumot berildi.

Amalga oshirilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar natijasida joriy yilning 6 oyi davomida ayrim yuqumli kasalliklarning o`tgan 2022 yilning shu davriga nisbatan pasayishi kuzatildi.

Xususan, salmonellez infeksiyasi  18,1%ga, bakterial ichburug` 46,2%ga, o`tkir ichak kasalliklari 10,4%, virusli gepatit V 26,9%ga, virusli gepatit S 27,7%, ayrim gelmintoz kasalliklar: askaridoz 26,8%, trixosefalyoz 85%, teniarinxozning 23% pasayishi  qayd etilgan.

Respublika bo`yicha amalga oshirilayotgan profilaktik va epidemiyaga qarshi samarali tadbirlar natijasida o`lat, vabo, sariq isitma, virusli gemorragik isitmalar, parranda grippi kabi karantin va o`ta havfli yuqumli kasalliklarni respublika hududiga chetdan kirib kelishi va aholi o`rtasida tarqalib ketishiga yo`l qo`yilmadi.

Shuningdek, Evropa va Jahon savdo tashkilotlari va xalqaro talablardan kelib chiqib, ta`lim, qurilish, oziq-ovqat va boshqa sohalar bo`yicha 40 ta sanitariya qoida va me`yorlari yangi tahrirda qabul qilindi va xalqaro andozalarga moslashtirildi.

    Boshqa yangiliklar