Bugun ijtimoiy tarmoqlarda "O`zbekneftgaz"ga qarashli AYoQShlarda Ai-92 benzini narxi 8600 so`mga ko`tarilgani haqida xabarlar tarqaldi. "Darakchi.uz" aniqlik kiritish maqsadida "O`zbekneftgaz" AJ bilan bog`landi. Ma`lum qilinishicha, taraqalyotgan xabar to`g`ri, ayni paytda O`zbekistonda Ai-92 benzinining 1 litri 8600 so`mdan sotilmoqda.
"Xabaringiz bor, avvalroq 9200 so`mdan sotilib kelingan Ai-92 benzini narxi mart oyida e`lon qilingan aksiya doirasida 7500 so`mga tushirilgan edi. Ayni paytga kelib mazkur aksiya muddati tugadi. Biroq, narx avvalgi kabi 9200 so`m emas, biroz arzonlashtirib, 8600 so`m etib belgilandi.", - deya izoh berdi jamiyat mas`uli.