AsosiyJinoyat

Farg`onada 16 yoshli qiz o`zini osib qo`ydi

'Farg`onada 16 yoshli qiz o`zini osib qo`ydi'ning rasmi

Farg`ona viloyatida 16 yoshli qiz o`zini osib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga ma`lum qildi.

Kecha, 7 avgust kuni Buvayda tumani “Jiydali” mahallasida yashovchi 2007 yilda tug`ilgan X.M. uyidagi qo`shimcha xo`jalik xonasida o`zini osgan. Oqibatda u hodisa joyida vafot etgan.

Marhumaning yaqin qarindoshlari so`nggi vaqtlarda uni ruhiyati buzilib qolganini, o`smir qiz o`z joniga qasd qilishida hech kimning aybi yo`qligini izohlab tushuntirish berishgan.
Aytilishicha, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar