Ijtimoiy tarmoqlarda yoshi katta shaxs voyaga etmagan qizni qarshiligiga qaramasdan o`pib, uyatsiz-buzuq harakat sodir etganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda.
Videoda aks etgan holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB tomonidan o`rganishlar o`tkazildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 8 avgust kuni taxminan soat 18.30 larda 1960 yilda tug`ilgan M.I. Mirzo Ulug`bek tumani Buyuk ipak yo`li ko`chasidagi ko`p qavatli uylardan birining orqa tarafidagi yo`l chetida o`tirgan voyaga etmagan 2015 yilda tug`ilgan Sh.U.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.
Mazkur holat bo`yicha jabrlanuvchining ota-onasi tomonidan IIOga ariza tushmagan.
Holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani IIO FMB Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi ("O`n olti yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish") bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumon qilinuvchi prosessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.