AsosiyJamiyat

Magistraturaga qabulda rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun imkoniyat berildi

'Magistraturaga qabulda rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun imkoniyat berildi'ning rasmi

2023/2024 o`quv yili uchun davlat oliy ta`lim muassasalari magistraturasiga qabul bo`yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro`yxatdan o`tgan talabgorlarning arizalari ko`rib chiqildi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Arizalarni ko`rib chiqish natijasida ko`plab murojaatlar turli sabablarga ko`ra (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta`lim yo`nalishi bo`yicha mos yoki turdosh emasligi, so`ralgan hujjat o`rniga boshqasi yuklangan yoki to`liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va b.) rad etilgan.

Shuni inobatga olib, davlat oliygohlari magistraturasiga o`qishga kirish uchun onlayn ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabgorlarga 9–10 avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 10 avgust kuni soat 18:00 ga qadar so`nggi imkoniyat beriladi.

Ushbu muddatdan so`ng tahrirlashga yo`l qo`yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko`rib chiqilmaydi.

Shuni alohida ta`kidlaymizki, xorijiy tilni bilish darajasi bo`yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo`lmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar ko`rib chiqilmaydi.

    Boshqa yangiliklar