AsosiyJamiyat

Toshkentda Malibu-2 urib ketgan erkak voqea joyida vafot etdi

'Toshkentda Malibu-2 urib ketgan erkak voqea joyida vafot etdi'ning rasmi

Toshkentda piyoda mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi. 

Holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun, 8 avgust kuni soat 23.50 larda Yakkasaroy tumani Kichik xalqa avtomobil yo`li ko`chasi 1-uy qarshisida 2002 yilda tug`ilgan Sh.G`. davlat raqami belgisi 01 D 073 VB bo`lgan Malibu-2 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo`lning belgilanmagan qismidan kesib o`tayotgan piyoda, 1949 yilda tug`ilgan M.H.ni urib yuborgan.

YTH natijasida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.

 

Boshqa yangiliklar