AsosiyJinoyat

Qibrayda Milliy gvardiya xodimi 13 yoshli qizni zo`rlagan holat bo`yicha jinoyat ishi sudga kelib tushdi

'Qibrayda Milliy gvardiya xodimi 13 yoshli qizni zo`rlagan holat bo`yicha jinoyat ishi sudga kelib tushdi'ning rasmi

Aprelda Toshkent viloyati "Qo`riqlash" bo`limi safdor xodimining 13 yoshli qizga nisbatan zo`ravonlik ishlatgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o`tamiz ish viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan va Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Mazkur jinoiy ish ayni kunlarda jinoyat ishlari bo`yicha Bo`stonliq tuman sudining ish yurituviga kelib tushgan. Bu haqda Oliy sud axborot xizmatining ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha, 30 yoshli fuqaro Sh.Sh. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi (o`n to`rt yoshga to`lmagan shaxsning nomusiga tegish) bilan ayblanyapti. U Toshkent viloyatida tug`ilgan, Qibray tumani Qo`riqlash bo`limi safdor-xodimi, jinoyat sodir etilgan paytda ishsiz bo`lgan. Jinoyat ishlari bo`yicha Nurafshon shahar sudining 2023 yil 29 iyuldagi ajrimi bilan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Jinoyat kodeksining 118-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar bilan bog`liq jinoyat ishlari Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko`rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko`riladi.

    Boshqa yangiliklar