AsosiyJinoyat

Andijonda 21 yoshli kelin o`z joniga qasd qildi

'Andijonda 21 yoshli kelin o`z joniga qasd qildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda “Andijonda 21 yoshli ayol o`zini osib o`ldirgani” haqidagi xabar tarqaldi. 

Viloyat prokuraturasi vaziyat haqida ma`lumot berdi.

Aniqlanishicha, 15 iyul kuni Oltinko`l tumanida yashagan 21 yoshli kelin S.O. o`z joniga qasd qilgan.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki ma`lumotnomasiga ko`ra, S.O.da bo`yin a`zolarini sirtmoq bilan siqilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya, o`pka visseral plevra varaqlari osti va yurak epikard osti sohalariga qon quyilishi, bo`yin sohasidagi strangulyasion egat shilinma, bosh peshona va chap quloq suprasi atrofida shilinma ko`rinishidagi jarohatlar mavjudligi ko`rsatilgan.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan sud-psixologiya ekspertizasi tayinlangan.

Xozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, natijasi bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi. 

Tergovga qadar tekshiruv jarayonlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.                                                        

    Boshqa yangiliklar