AsosiyJinoyat

Qoraqalpog`istonda 65 nafar fuqaroning nomiga miqroqarz olgan MChJ rahbari va sheriklari ushlandi

'Qoraqalpog`istonda 65 nafar fuqaroning nomiga miqroqarz olgan MChJ rahbari va sheriklari ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tuman bo`limi tomonidan “ANOR BANK” AJ murojaatiga asosan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda “B.R.” MChJ rahbari Sh.V. va boshqalar 65 nafar fuqaroning xabardorligisiz soxta ma`lumotlar orqali ularning nomiga bank sotuv shoxobchalari orqali jami 981,5 mln so`m onlayn miqroqarz ajratilishiga erishib, ushbu mablag`larni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar