Joriy yilning 4-10 avgust kunlari Toshkent RFB orqali Ravnak bank aksiyalari bilan umumiy summasi 157,3 mlrd so`mlik savdolar amalga oshirildi. Jumladan, 2023 yil 10 avgustdagi bitimlar natijasida bankning qo`shimcha chiqarilgan 100,0 mlrd sumlik aksiyalari to`liq joylashtirildi va bank ustav kapitali 200,0 mlrd so`mga etkazildi.
Amalga oshirilgan bitimlar natijasida Iskandar Baxtinurovich Tursunov bank ustav kapitalidagi ulushini 88,62 foizga etkazib, bank nazorat paketini qo`lga kiritdi.
Iskandar Tursunov 2000 yildan buyon bank sohasi mutaxassisi bo`lgan, 2012 yildan beri "Ravnaq bank" AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Eslatib o`tamiz, Sarvar Fayziev 2021 yil yanvar oyida "Ravnaq bank" AJ aksiyalarining 52,15 foiziga egalik qila boshlagan edi.
14.08.2023 10:23
⚡Ravnaq bankning asosiy aksiyadori o`zgardi
