AsosiyJinoyat

Toshkent IIBBda fuqaroning vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi - Bosh prokuratura

'Toshkent IIBBda fuqaroning vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi - Bosh prokuratura'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan 2023 yilning 12 avgust kuni tezkor-qidiruv tadbiri doirasida bosqinchilik va boshqa jinoyatlar uchun gumonlanib olib kelingan fuqaro D.U. shu kuni IIBB ma`muriy binosida vafot etgan

Holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, D.U.ning o`limi sababini aniqlash yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

D.U.ning vafoti yuzasidan bir qator tergov harakatlari o`tkazish zarurati tug`ilganligi sababli, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 206 (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) va 235 (Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g`ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo`llash) moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


 

    Boshqa yangiliklar