AsosiyJinoyat

Xorazmda 43 yoshli erkak voyaga etmagan qizni olib qochishga urindi(video)

'Xorazmda 43 yoshli erkak voyaga etmagan qizni olib qochishga urindi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma`lum erkak Xorazm viloyati Urganch shahrida voyaga etmagan qizni o`g`irlab ketishga uringani aks etgan video tarqaldi. Viloyat  Ichki ishlar boshqarmasi holat bo`yicha ma`lumot berdi.

Xabarda aytilishicha, bugun, 14 avgust kuni 43 yoshli fuqaro B.M. Urganch shahrida voyaga etmagan qizga tegajog`lik qilganlikda gumonlanib, qo`lga olingan. Aniqlik kiritilishicha, u 2006 yildan buyon “shizofreniya” tashxisi bilan ruhiy-asab kasalliklar dispanserida hisobda turadi.

Shuningdek, u ayni paytda viloyat ruhiy-asab kasalliklari dispanseriga joylashtirilgan. 

“Holat Urganch shahar IIB tomonidan o`rganilmoqda”, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar