AsosiyJamiyat

Imtiyozga ega abiturientlar to`g`risidagi ma`lumotlar e`lon qilindi

'Imtiyozga ega abiturientlar to`g`risidagi ma`lumotlar e`lon qilindi'ning rasmi

Mandat.uzbmb.uz saytiga qo`shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etadigan imtiyozga ega abiturientlar to`g`risidagi ma`lumotlar joylashtirildi.

Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar qildi. 

Endilikda mandat.uzbmb.uz saytidagi "Bakalavr-2023" bo`limining "Imtiyozli" qismidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abiturientlar to`g`risidagi ma`lumotlarni ko`rish mumkin.

Bunda abiturientlarning ro`yxati ularning to`plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo`shimcha qabul ko`rsatkichlari soni ham ko`rsatiladi.

Imtiyoz asosida qo`shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abiturientlar barcha abiturientlar kabi umumiy tanlovda ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar