AsosiyJamiyat

Respublika bo`yicha etim qolgan 59 nafar yoshlar uy-joy bilan ta`minlandi

'Respublika bo`yicha etim qolgan 59 nafar yoshlar uy-joy bilan ta`minlandi'ning rasmi

O`zbekiston — ijtimoiy davlat. Bu yangi tahrirdagi Konstitusiyaning birinchi moddasidayoq mustahkamlab qo`yilgan. Aholining yarmini yoshlar tashkil qiladigan mamlakatimizda ta`lim muassasalarida ijtimoiy himoyaga alohida e`tibor talab etiladi. Boshqacha qilib aytganda, biz ijtimoiy davlat ekanligimizni eng avvalo, ta`lim tizimidagi amaliy ishlar bilan ko`rsatishimiz lozim.

Ushbu maqsad nafaqat inklyuziv ta`limni, balki o`qituvchi va murabbiylar, barcha o`quvchilar uchun ijtimoiy adolatni ta`minlash kabi maqsadlarni ham qamrab oladi.

– Jizzax, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahridagi eshitishida nuqsoni bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning 1534 nafar o`quvchilari Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali shifokorlari tomonidan  chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazildi; 

– inklyuziv ta`limni ota-onalar o`rtasida keng targ`ib qilish maqsadida 13 nomdagi metodik qo`llanmalar tayyorlandi;

– Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatidagi “Nurli maskan” maktab-internatida Respublikadagi barcha shu turdagi muassasalar rahbar-xodimlari uchun “Nurli maskan orzulari” nomli V Respublika forumi tashkil qilindi;

– Qoraqalapog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda etim va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan 832 nafar uy-joyga muhtoj bolalarning ro`yxati shakllantirilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etildi, 424 nafari uchun davlat va mahalliy byudjetdan mablag`lar ajratildi; 

– 23-30 yoshda bo`lgan etim va ota-ona qaramog`isiz qolgan 
59 nafar bolalarga “Mehr daftari” jamg`armasi hisobidan uy-joylar olib berilishiga yordamlashildi.

    Boshqa yangiliklar