Tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilishda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani elektron ravishda taqdim etib kelishmoqda.
Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subektlariga qulay sharoitlar yaratish uchun soliq hisobotlarini avtomatlashtirish belgilangan.
Jumladan, Farmonning 3-bandiga asosan qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i va aylanmadan olinadigan soliq hisoboti asosan elektron hisobvaraq-faktura hamda onlayn nazorat kassa mashinalari ma`lumotlari asosida hisobotlarni tegishli satrlari avtomatik ravishda shakllantirilib, tadbirkorlik subektlari tomonidan jo`natib kelinmoqda.
Bundan tashqari, elektron hujjat aylanishi tizimi operatorlari tomonidan soliq to`lovchilarga qulayliklar yaratilgan:
elektron hisobvaraq-faktura tizimi 1C. 1UZ, SAP buxgalteriya tizimlari bilan integrasiyasi qilingan;
elektron hisobvaraq-fakturalarni Excel ro`yxat asosida tizimga yuklash;
tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizasiya qilish bilan bog`liq shartnoma ID kiritilganda elektron hisobvaraq-faktura ma`lumotlari avtomatik shakllanishi (PQ-157-son 12.05.2023 y., 4-band);
Byudjet tashkilotlari bilan hamkorlikda davlat haridlari bo`yicha shartnoma tuzgan tadbirkorlik subektlari LOT raqamlarini kiritganda, g`aznachilik ma`lumotlari asosida EHF avtomatik ravishda to`ldirilishi.,
noruda foydali qazilmalar oldi-sotdisi bo`yicha tovar-transport yukxati ID raqami asosida elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish, bunda bir nechta yukxati asosida bitta faktura rasmiylashtirish (VM 483-son 02.08.2021 y., 11-band);
Davlat byudjeti hisobidan amalga oshirilayotgan qurilishlar bo`yicha fakturalar rasmiylashtirishda “Investisiya obekti ID” raqamini kiritish orqali loyiha obektning g`azna hisob raqami, LOT raqamlari avtomatik ravishda shakllantirib berilmoqda;
Elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish tizimi doimiy ravishda takomillashtirib borilib,unda e-imtiyoz ma`lumotlari va summasini aks ettirish imkoniyatlari mavjud.
Kontrangetining QQS guvohnomasi holati (faol yoki vaqtincha to`xtatilgan) haqidagi ma`lumotlar, soliq rejimi (aylanmadan soliq to`lovchi yoki QQS to`lovchi) ko`rsatib berilmoqda edi.
Kontragentlarni tanlash chog`ida lozim darajada ehtiyotkorlik qilish uchun elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda etkazib beruvchi va xaridorning soliq uzilishlari koeffisienti (Tax gap) ma`lumot uchun ko`rsatib kelingan bo`lsa, joriy yil 19 avgustdan boshlab soliq uzilishi koeffisienti (Tax gap) to`g`risidagi ma`lumotlar olib tashlandi