Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Dehqonobod tuman inspeksiyasi xodimlari tomonidan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri o`tkazildi.
Tadbir davomida Dehqonobod davlat o`rmon xo`jaligi "Kon" o`rmon bo`limining "Suvlisoy" massivi hududida tabiiy holda o`sgan 6 tup Zarafshon archasi tag qismidan, 11 tup archaning esa yon shoxlari kesib tashlanganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan o`rmon qo`riqchisi R.J.ga nisbatan MJtKning 79-moddasi, 3-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 mln 300 ming jarima qo`llanildi.
Tabiatga etkazilgan 18 mln 84 ming so`m zararni undirish maqsadida hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, Dehqonobod Davlat o`rmon xo`jaligiga o`tkazildi.






