Joriy yilning 22 avgust kuni Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi.
Majlisda Senatning qirq to`rtinchi yalpi majlisini joriy yilning 24 avgust kuni chaqirish to`g`risida qaror qabul qilindi. Buhaqda Oliy majlis Senati Axborot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko`ra, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o`tkaziladigan mazkur yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
"O`simliklarni himoya qilish to`g`risida"gi, "O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga valyutani tartibga solishga, ijara va lizing munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritish to`g`risida"gi, "O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sog`liqni saqlash organlari faoliyati haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirishga qaratilgan o`zgartishlar va qo`shimcha kiritish to`g`risida"gi hamda "Er qa`ri to`g`risida"gi qonunlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, yalpi majlisda Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini o`rganish natijalarini ham muhokama qilish rejalashtirilgan.






