O`zbekiston bilan Ozarbayjon o`rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik keyingi yillarda jadal rivojlanmoqda. O`zbekiston Ozarbayjon bilan ham aloqalarni kengaytirish va mustahkamlashdan manfaatdor.
2017-2022 yillar davomida O`zbekiston va Ozarbayjon o`rtasidagi savdo hajmi 6,2 barobarga (29,0 mln 181,2 mln dollargacha), eksport 5,3 barobarga (25,0 mln dollardan 131,7 mln dollargacha), import esa 12,4 barobarga (4,0 million dollardan 49,5 mln dollargacha) oshdi.
2022 yilda O`zbekistonning Ozarbayjonga eksporti tarkibida asosiy tovar pozisiyalari: to`qimachilik mahsulotlari va gilamlar (eksportning 17%); oziq-ovqat mahsulotlari, meva va sabzavotlar (13%); tamaki (13%); elektrotexnika mahsulotlari (12%).
Ozarbayjon import tarkibida asosiy ulushni quyidagilar egalladi: mis rudalari va mis konsentratlar (importning 40%); alyuminiy (20%); neft mahsulotlari va polimerlar (12%); oziq-ovqat mahsulotlari (10%), shuningdek xizmatlar (5%), asosan transport.
Ko`rinib turibdiki Ozarbayjon importining tuzilishi va O`zbekiston eksportining tarkibi tovar nomenklaturasining ko`plab pozisiyalari bo`yicha bir-biriga mos keladi. Xuddi shunday, Ozarbayjon eksporti va O`zbekiston importi bo`yicha tovar pozisiyalari bo`yicha ham o`xshashliklar mavjud.
Shu bilan birga ikki davlatning o`zaro tovar ayirboshlash ko`rsatkichlarining ko`p marta o`sishiga qaramay, o`zaro tovar ayirboshlash hajmi past darajada qolayotganini qayd etish lozim. Masalan, 2022 yilda O`zbekiston va Ozarbayjon o`rtasidagi tashqi savdo hajmi taxminan bir xil (50,1 va 52,7 mlrd dollarni) tashkil etgan bo`lsada, ikkala davlat o`rtasidagi umumiy savdo aylanmasidagi ulushi 1 foizga ham etmaydi.
Yuqoridagilargan kelib chiqib ta`kidlash joyizki O`zbekiston bilan Ozarbayjon o`rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik salohiyati to`liq amalag oshirilmayapti. Shu sababdan mamlakatlarimiz o`rtasidagi o`zaro tovar ayirboshlash hajmini iqtisodiyotimizning bir-birini to`ldirishini hisobga olgan holda uchinchi mamlakatlar importini bir-biri bilan savdo qilishimiz mumkin bo`lgan mahsulotlar bilan almashtirish orqali ikki davlat savdo-iqtisodiy xamkorligini sezilarli darajada oshirib yangi bosqichlarga olib chiqish mumkin.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar
markazi bosh ilmiy xodimi
Edvard Romanov






