AsosiyJamiyat

O`zbekistonning tog` oldi va tog`li hududlaridagi fuqarolar ogohlantirildi

'O`zbekistonning tog` oldi va tog`li hududlaridagi fuqarolar ogohlantirildi'ning rasmi

Joriy yilning 26-28 avgust kunlari O`zbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib keladi. "O`zgidromet" xizmati respublikaning tog` oldi va tog`li hududlaridagi fuqarolarni ogohlantirmoqda.

Ma`lum qilinishicha, Respublika hududi bo`yicha 26-27-avgustda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zi joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

27-28 avgust kunlari kunduzi havo harorati 23-28 darajagacha pasayadi.

26 avgustda respublika shimolida va cho`l hududlarda, 27-28-avgustda qolgan hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Tog` oldi va tog`li hududlarda yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi.

Kutilayotgan kuchli yomg`irlar yog`ishi hisobiga respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida 27-29-avgust kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

"Tog` oldi va tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog`li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlarini so`raymiz", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar