27 avgust kuni Toshkentda aholi salomatligini mustahkamlash va atrof-muhitni asrashga qaratilgan ekologik yugurish musobaqasi – UZPLOGGING bo`lib o`tadi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Har bir yuguruvchiga futbolka va qayta ishlangan plastik chiqindilardan tayyorlangan o`ziga xos medal beriladi. Eng ko`p plastik to`plagan uch nafar g`olib tashkilotchilar tomonidan 1 000 000 so`m miqdorida pul mukofotlariga ega bo`ladi.
"Ommaviy ekologik harakatga
havolasi orqali mutlaqo bepul qo`shilishingiz mumkin" deyiladi xabarda.
Tadbirda ishtirok etish shartlari:
1. Yuqoridagi havola orqali ro`yxatdan o`ting;
2. “Ekopark”da joylashgan chiqindi yig`ish punktigacha yo`lda plastmassa yig`ib, kamida 3 km masofani bosib o`ting va "Strava", "treker" yoki shunga o`xshash dastur yordamida harakatni yozib oling;
3. Yig`ilgan plastmassani yig`ish punktiga topshirgandan so`ng, yutuqni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizda yugurish tashkilotchilari: @ecology_uzb va hamkorlar: @prorun.uz, @sanfa_uzni belgilab, #uzplogging #ecologiyavazirligi #prorunuz xeshteglaridan foydalangan holda e`lon qiling.
Ishtirokchilarning to`planishi: soat 10:00
Qabul punktlarining ish vaqti: 10:00 dan 19:00 gacha
Yig`ilgan plastmassa qayta ishlanadi.
24.08.2023 11:06
27 avgust UZPLOGGING yugurish musobaqasi bo`ladi






