AsosiyJamiyat

Savdo-sanoat palatasi boshqarma boshlig`i tadbirkorlarga TIF olib borishdagi engilliklar haqida gapirdi

'Savdo-sanoat palatasi boshqarma boshlig`i tadbirkorlarga TIF olib borishdagi engilliklar haqida gapirdi'ning rasmi

Tadbirkorlarning davlat va jamiyat hayotiga ta`siri haqida ko`p gapirganmiz. Tadbirkor qanday faoliyat bilan shug`ullanmasin, qoidalarga amal qilsa, soliqlarni vaqtida to`lasa bu yaxshi. Uning tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug`ullanishi esa ikki karra yaxshi. Bunday faoliyatda tadbirkorning moliyaviy imkoniyatlari ortadi, ish o`rinlari kengayadi. Xo`sh, O`zbekistonda ana shunday faoliyat bilan shug`ullanayotgan biznes egalari qancha, ularga qanday imkoniyatlar berilmoqda? Savollarimizga Savdo-sanoat palatasi boshqarma boshlig`i Shoxrux Sulaymonov javob berdi. 

O`zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni qanchaga etdi?

2017 yilga nisbatan 2022 yilda kiritilgan xorijiy sarmoyalar hajmi 3 barobarga oshib, 10 mlrd dollarni tashkil etdi.

2023 yil 1 avgust holatiga ko`ra, O`zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 2018 yilning mos davriga nisbatan 
2 baravar ko`paydi – 6 468 tadan 12 771 tagacha.

Biznes sub`ektlariga tashqi iqtisodiy faoliyat olib borish va xorijiy investorlarni jalb qilishda qanday qulayliklar yaratilmoqda?

Mamlakatimizda tadbirkorlarga bir qator imtiyozlar berilmoqda, shuningdek, xorijiy investorlarni jalb qilish imkoniyatlari kengaymoqda, xususan, tashqi savdoni erkinlashtirish yo`lida, investorlar uchun zarur bo`lgan 7 mingdan ziyod xom–ashyo va tovarlarga bojxona bojlari bekor qilindi. Bojxona hududida qayta ishlashning soddalashgan tartibi joriy etildi. Yangi–yangi bozorlarga kirish maqsadida O`zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo`shilish jarayoni jadallashtirildi. 

Tovarlar eksportini amalga oshirishda qanday o`zgarishlar yuz beryapti?

Tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida tovarlar eksportini amalga oshirilishiga ruxsat berildi, tovarlar eksportini kafolatlangan to`lovni ta`minlash bo`yicha talab hamda valyuta tushumidagi majburiy sotish amaliyoti bekor qilindi, shuningdek, tovarlar eksportida tashish xarajatlarini qisman kompensasiya qilish amaliyoti yo`lga qo`yildi.

Qolaversa, tovarlarni import qilmasdan uchinchi davlatga to`g`ridan–to`g`ri sotish amaliyoti joriy etildi, meva–sabzavot mahsulotlarining qiymatini eksportda erkin belgilash amaliyoti yo`lga qo`yildi.

Natijada, 2019-2022 yillarda mamlakatimiz eksporti yiliga o`rtacha 12 foizdan o`sib bordi. Eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini qo`llab–quvvatlash maqsadida tashqi savdo jarayonini soddalashtirish bo`yicha bir qator tub o`zgarishlar amalga oshirildi va 60 dan ortiq normativ–huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

 

    Boshqa yangiliklar