AsosiyJamiyat

Baxtiyor Saidov Turkmanistonning yangi elchisi bilan uchrashdi

'Baxtiyor Saidov Turkmanistonning yangi elchisi bilan uchrashdi'ning rasmi

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmanistonning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Shadurdi Meredovdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

“So`nggi yillarda aloqalarimiz misli ko`rilmagan darajada kengayganiga guvoh bo`ldik. Erishilgan yutuqlar talaygina, yanada ko`prog`i esa hali oldinda”, - deya yozdi Saidov o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasida. 

Vazir elchiga mamlakatdagi faoliyati mobaynida muvaffaqiyatlar tilagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar