Ta`mirlash ishlari tufayli 25-avgust kuni soat 10:00 dan 26 avgust 09:00 gacha poytaxtning Bektemir, Sergeli va Mirobod tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda "Xududgaz" Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bektemir tumani: Nurafshon mahallasi
Aholi xonadonlari soni - 430 ta
Ulgurji iste`molchilar soni - 105 ta
Sergeli tumani: Eshonbuloq, Sadoqat va Izzatli mahallalari
Aholi xonadonlari soni - 1 080 ta
Ulgurji iste`molchilar soni - 38 ta
Mirobod tumani: Qo`yliq ota, Baratxo`ja, Parvona mahallalari va Qo`yliq 2, 3, 4 - dahalari
Aholi xonadonlari soni - 4 580 ta
Ulgurji iste`molchilar soni - 92 ta.






