Joriy yilning 26 avgust sanasidan boshlab Toshkent metropolitenining "Yunusobod" va "Turkiston" bekatlari yopilishi munosabati bilan “Turkiston-Yunusobod–Shahriston" metro bekatlari oralig`ida bepul xizmat ko`rsatuvchi 18 metrli 10 dona avtobuslar (metrobus) harakati yo`lga qo`yilmoqda. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" DUK matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Shuningdek, ushbu avtobuslar belgilangan yo`nalishda quyidagi 3 ta bekatlarda to`xtab harakatlanadi:
1. Turkiston metro bekati;
2. Yunusobod metro bekati (Mega Planet savdo markazi qarshisida);
3. Shaxriston metro bekatiga tushish qismlarida.
Bu avtobuslarning kunlik ish faoliyati 5 daqiqalik intervalda tongi 05:00 dan tungi 00:00 ga qadar bepul amalga oshiriladi.
*Avtobuslarning oldi va yon qismlarida metro belgisi (metrobus) o`rnatilgan.
Eslatib o`tamiz, Toshkent shahridagi metroning “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 26 avgustidan boshlab 4 oy muddatga yopiladi.






