Yangi o`quv yilidan e`tiboran "Kundalik.com" portalida qanday o`zgarishlar amalga oshirilmoqda? Yangi platformaning afzalliklari qanday? Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi Axborot kommunikasiyalarini joriy etish va raqamlashtirish bo`limi etakchi mutaxassisi Arslonbek Rahmonqulov javob berdi.
"e.maktab.uz"ga o`tilishiga asosiy sabab shuki, bizga juda ko`p murojaatlar bo`ldi: aynan "Kundalik.com" domeni chetda saqlanadimi? O`zimizda emasmi degan mazmundagi. Shundan kelib chiqib biz o`zimizning platformani joriy qildik. Boshida bu faqat elektron kundalik va elektron jurnalni o`z ichiga olgan edi. Hozir yanada takomillashtiryapmiz, yanada qulayliklar yartilmoqda. Bu tizimni joriy etishdan asosiy maqsad shaffoflikni oshirish, o`qituvchilarni ortiqcha qog`ozbozlikdan ozod etish va o`quvchilarning ta`lim jarayonlariga ota-onlarni ham jalb qilishdir", - deydi mas`ul.