MIBning Samarqand viloyati Nurobod tuman bo`limi ish yurituvida bo`lgan fuqarolik ishlari bo`yicha tuman sudining 2023-yil 27 fevraldagi qarori bilan qarzdor M.A.dan undiruvchi P.M. foydasiga uch nafar farzandlarining moddiy ta`minoti uchun 19 mln 685 ming so`m aliment pullarini undirish to`g`risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
To`lovni unutib qo`ygan qarzdor M.A. ogohlantirishlarga qaramasdan to`lovni amalga oshirilmagan. Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdorga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 47-(4)-moddasiga asosan ma`muriy ish qo`zg`atilib, jinoyat ishlari bo`yicha Nurobod tuman sudining qaroriga asosan 10 sutka qamoq jazosi tayinlandi.






