AsosiyJamiyat

O`zbekistonning qator hududlarida zilzila sodir bo`ldi

'O`zbekistonning qator hududlarida zilzila sodir bo`ldi'ning rasmi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, bugun, 28 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 09:35 da Afg`onistonda zilzila sodir bo`ldi. Zilzila koordinatalari: 36,47 gradus shimoliy kenglik; 70,15 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,4. Chuqurlik 200 km. Zilzila episentri Toshkentdan 539 km janubiy-sharqda.

O`zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:

Surxandaryo viloyatida 3 ball, 269 km.

Samarqand viloyatida 2-3 ball, 451 km.

Jizzax viloyatida 2-3 ball, 454 km.

Farg`ona viloyatida 2-3 ball, 457 km.

Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 463 km.

Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 466 km.

Andijon viloyatida 2 ball, 516 km.

Namangan viloyatida 2 ball, 521 km.

Toshkent shahrida 2 ball, 539 km.ni tashkil etdi.

    Boshqa yangiliklar