Pensiya jamg`armasi xabariga ko`ra, pensiya va nafaqa to`lovlarini naqd pulsiz (bank karta) shaklda oluvchi fuqarolarning joriy yil sentyabr oyi uchun pensiya va nafaqalari 29-31 avgust kunlari ularning bank plastik kartalariga o`tkazib beriladi.
Naqd pul shaklida pensiya va nafaqa oluvchilarga esa to`lovlar 4 sentyabr kunidan Xalq banki sayyor kassalari tomonidan grafikka muvofiq amalga oshiriladi.
Ma`lumot uchun, O`zbekiston davlat mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan joriy yilning 1 sentyabr, juma hamda 2-3 sentyabr, shanba va yakshanba dam olish kuniga to`g`ri kelmoqda.
28.08.2023 11:00
Bayram munosabati bilan pensiyalar oldindan to`lab beriladi






