AsosiyJamiyat

Bugun hamma xodimlar ishdan 1 soat vaqtli ketishi kerak. Chunki...

'Bugun hamma xodimlar ishdan 1 soat vaqtli ketishi kerak. Chunki...'ning rasmi

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko`ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi. Ertaga 1 sentyabr — Mustaqillik kuni, ya`ni ishlanmaydigan bayram.

Shunga ko`ra, bugun, 31 avgust kuni ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga haqli.

Ma`lumot uchun, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo`lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo`shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo`yicha haq to`lash orqali kompensasiya qilinadi.

Eslatib o`tamiz, Mustaqillik bayrami arafasida o`zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam olishadi. Ya`ni:

1 sentyabr, juma – bayram (ishlanmaydigan) kuni;

2 sentyabr, shanba:

a) 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun Farmonga muvofiq qo`shimcha dam olish kuni;

b) 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun odatdagi dam olish kuni;

3 sentyabr, yakshanba – barcha uchun odatdagi dam olish kuni.

    Boshqa yangiliklar