AsosiyJamiyat

Dubaydagi vatandoshlar O`zbekistondagi ijtimoiy ko`makka muhtoj aholi uchun insonparvarlik yordamini yubordi

'Dubaydagi vatandoshlar O`zbekistondagi ijtimoiy ko`makka muhtoj aholi uchun insonparvarlik yordamini yubordi'ning rasmi

Mamlakatimizning Dubaydagi Bosh konsulxonasi hamyurtimiz, BAAdagi o`zbek diasporasi faoli Gulnora Meliboeva bilan birgalikda O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga insonparvarlik yordamini jo`natdi. Bu haqda "Dunyo" AA muxbiri xabar bermoqda.

Umumiy qiymati 14 ming dollardan ortiq bo`lgan ushbu  insonparvarlik yordami tarkibi 414 dona 3 yoshgacha bo`lgan bolalar kiyimlaridan  iborat.        

Beg`araz  yordam yuklari "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi samolyotida  yurtimizga bepul  etkazib  beriladi.

O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi davlatimiz rahbarining "Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko`rsatish hamda ularning samarali nazorat qilish tizimini yo`lga qo`yish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar to`g`risida"gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Agentlik aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo`yicha vakolatli organ hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar